HyperDispatch
Yuk tashish kompaniyalari uchun dispatch

Kompaniyangiz dispatchi bizning nazoratimizda.

Biz yuk olamiz, haydovchilaringiz bilan kechayu kunduz aloqada bo‘lamiz va Amazon Relay performansingizni himoya qilamiz. Sizda esa kompaniyani rivojlantirishga vaqt qoladi.

Qo‘ng‘iroq so‘rash Men owner-operatorman
60+
trak dispatchda
22
kishilik jamoa
5 yil
dispetcherlarimizning o‘rtacha tajribasi
24/7
update va dispatch

Sizga qo‘ng‘iroq qilamiz

Raqamingizni qoldiring. Menejer qo‘ng‘iroq qilib, traklaringiz haqida gaplashadi.

Raqamingizdan faqat dispatch bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilish uchun foydalanamiz.

Rahmat. Arizangizni oldik.

Menejer tez orada qo‘ng‘iroq qiladi. Shoshilinch bo‘lsa, Telegramda yozing: @hyperdispatch.

Yuk oladigan brokerlarimiz
Amazon Relay Schneider J.B. Hunt FedEx va boshqalar
Kompaniya egalariga

To‘liq dispatch bo‘limi. O‘zingiz qurishingiz shart emas.

Dispetcherlar, updaterlar va menejerlar traklaringiz bilan bitta jamoa bo‘lib ishlaydi. Nima bo‘layotganini ko‘rib turasiz, ortidan yugurishingiz shart emas.

Yuk olish

Amazon Relay, eng yaxshi load boardlar va o‘z broker aloqalarimiz orqali yuk olamiz. Har bir mil uchun eng yaxshi narxni savdolashib olamiz.

Kechayu kunduz update

Updaterlarimiz haydovchilaringiz va brokerlar bilan 24 soat aloqada, shuning uchun yo‘ldagi muammolar tez hal bo‘ladi.

Amazon performans nazorati

Asosiy ko‘rsatkichlaringizni har kuni kuzatamiz, xavfni oldindan ko‘ramiz va performansingizni himoya qilish uchun disputlarni o‘z vaqtida topshiramiz.

Dedicated lanes

Uskunangiz va performansingizga mos dedicated lane bo‘lsa, uni olishga yordam beramiz. Bu har hafta barqaror ish degani.

Biz ishlaydigan uskunalar: Power Only Dry Van
Narx

Yukdan foiz. Boshqa hech narsa.

Haftalik to‘lov ham, boshlash uchun to‘lov ham yo‘q. Traklaringiz pul topsagina biz ham topamiz.

Qo‘ng‘iroq so‘rash
Traklar soniga qarab yukdan olinadigan foiz
1 yoki 2 ta trak 4%
3 ta va undan ko‘p trak 3%
Yangi kompaniyalarga
Dastlabki 2 hafta
2%

Qanday boshlaymiz

  1. 01

    Gaplashamiz

    Traklaringiz, haydovchilaringiz va qancha topmoqchi ekaningiz haqida qisqa qo‘ng‘iroq. Shartlarimizni darhol aytamiz.

  2. 02

    Sozlaymiz

    Akkauntlaringizga ulanamiz, haydovchilaringiz bilan tanishamiz va hisobotlarni qanday olishni kelishamiz.

  3. 03

    Traklaringiz yuradi

    Dispetcher yuk oladi, updaterlar har bir reysni kuzatadi, menejer esa siz bilan doimiy aloqada bo‘ladi.

Fikrlar

Kompaniya egalari biz haqimizda nima deydi

Hyper Dispatch Portal Trucking LLC uchun ajoyib hamkor bo‘ldi. Ularning 24/7 dispatch xizmati traklarimizni to‘xtovsiz harakatda ushlab turadi, aloqa esa doim aniq va ishonchli. Yuklar bilan samarali ishlashadi, muammolarni tez hal qilishadi va haydovchilarimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lishadi.
Alisher I. Asoschi, Portal Trucking LLC · ingliz tilidan tarjima
Bu yigitlar bilan 2 yildan beri ishlaymiz. Ikki yil davomida performansimizni A+ 100% darajasida ushlab kelishdi. Qiyin vaziyatlarda doim oson va tez yo‘l topishadi. Hyper Dispatch to‘g‘ri tanlov: a’lo sifat, intizom, ishonchlilik va mas’uliyat.
Muhammad X. Owner-operator · ingliz tilidan tarjima
Bu kompaniya bilan uzoq vaqtdan, taxminan 3 yildan beri ishlayman. Xizmatlari juda sifatli, ishlari shaffof. Menejmenti yaxshi, o‘zlari juda yaxshi va samimiy insonlar. Ularga hurmat va minnatdorchilik bildiraman.
Dastan M. Asoschi, Tez Trans LLC · ingliz tilidan tarjima
Hyper Dispatch jamoasi bilan birga ishlayotganimga 2 yil bo‘ldi. Yaxshi servis ko‘rsatib kelishyapti, updatelar o‘z vaqtida, yuklarni maksimal narxda olishadi. Ishga juda puxta qarashadi. Hamkorligimizdan mamnunman.
Muzaffar R. Asoschi, Skyway Trucking LLC
Professional yondashuv, tez javob, tafsilotlarga e’tibor va bozorni chinakam bilish. Ziddiyatli vaziyatlarni oldindan ko‘ra olishadi. To‘liq mas’uliyat bilan aytaman: bu kompaniya dispetcherlik ishida yetakchi. Albatta tavsiya qilaman.
Roman K. Asoschi, Rolidema LLC · ukrain tilidan tarjima
Owner-operatorlarga

Biz yaxshi kompaniyalarni bilamiz. Sizni shulardan biriga joylaymiz va trakingizni dispatch qilamiz.

O‘z MC raqamingiz bo‘lishi shart emas. Biz dispatch qilayotgan carrier kompaniya ostida ishlaysiz va trakingiz bilan butun flotlarni yuritadigan o‘sha jamoa ishlaydi.

  • Amazon Relay va street brokerlardan yuklar
  • Istalgan vaqtda aloqadamiz
Power Only va Dry Van
Hujjatlar tayyor bo‘lishi bilan birinchi yuk

Rasmiylashtirish odatda 1–2 kun oladi. Raqamingizni qoldiring, kompaniya haqida va qanday boshlashni aytib beramiz.

Qanday ishlashini ko‘rish

Kompaniya egalari beradigan savollar

Yuklarni qanday topasiz?

Yaxshi to‘lanadigan yuklarni olish uchun Amazon Relay, eng yaxshi load boardlar va o‘z brokerlar tarmog‘imizdan foydalanamiz.

Qaysi brokerlar bilan ishlaysiz?

Birinchi navbatda Amazon Relay. Undan keyin Schneider, J.B. Hunt, FedEx kabi yirik street brokerlar va boshqalar.

Amazon Relayda yuk olasizmi?

Ha. Amazon Relayda har kuni ishlaymiz va bozor beradigan eng yaxshi narxni olish uchun brokerlar bilan savdolashamiz.

24/7 ishlaysizmi?

Amazon Relay yuklari bo‘yicha ha: dispatch ham, update ham 24/7. Street yuklar bo‘yicha haydovchilarni 24/7 update qilamiz, yuklarni esa ish vaqtida olamiz.

Performans va to‘lov disputlari bilan shug‘ullanasizmi?

Ha. Ko‘rsatkichlaringizni har kuni tekshiramiz, disputlarni o‘z vaqtida topshiramiz va ballaringiz hamda pulingizni himoya qilish uchun Amazon support bilan ishlaymiz.

Dedicated lane olishga yordam berasizmi?

Ha. Dedicated lanelar mavjud bo‘lganda, uskuna turi va performansga qarab ularni olishga yordam beramiz.

Qaysi uskunalar bilan ishlaysiz?

Power Only va Dry Van.

Kompaniyada haydovchi bo‘lib ishlamoqchimisiz?

Biz dispatch qiladigan kompaniyalarga tez-tez haydovchi kerak bo‘ladi. Ma’lumotlaringizni qoldiring, sizni bog‘laymiz.

Ariza qoldirish

Keling, traklaringiz haqida gaplashamiz.

Qo‘ng‘iroq qiling, Telegramda yozing yoki raqamingizni qoldiring. O‘zbek, rus va ingliz tillarida gaplashamiz.

+1 908 663 5314 Telegram: @hyperdispatch Instagram: @hyperdispatch hyperdispatchers@gmail.com

Rahmat. Arizangizni oldik.

Menejer tez orada siz bilan bog‘lanadi.